Шарҳлар
Rahmatulloyev Gayratjon Adham ogli
“QO‘SHCHINOR”15 июл 2025
Muslima Abdilqosimova farzandim oromgohdan juda katta taassurotlar bilan qaytdi. U yerda har bir kuni bayramga aylandi.
Бобуржон Бобожонов Бобожон ўғли
“TABASSUM”15 июл 2025
YO'LLANMANI ONLAYN SOTISH JUDA ZO'R BO'LIBDI. BOLAM MAZZA QILIB DAM OLIB KELDI.
Mirzayev Temurbek Xolbobo o`g`li
“АFSONA”15 июл 2025
Ало даражада хаммага раҳмат лагир мамуряти, болаларни дам олдириш департаметига хам ундан ташқари барча тарбиячи ва етакчиларга хам
Rahmatulloyev Gayratjon Adham ogli
“QO‘SHCHINOR”15 июл 2025
Farzandim Jaxongir Abdukarimov Qoʻshchinor bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida haqiqiy quvonch, do‘stlik, ijod va taassurotga boy kunlar o‘tkazdi. U yerdan qaytib, yangi do‘stlar, kuchli motivatsiya va eng muhimi — baxtli bolalik xotiralari bilan qaytdi. Har bir klubda o‘zini topdi. Sahnalarda chiqdi. Sportda ishtirok etdi. Madhiya kuyladi. Mediya klubda “kichkina jurnalist” bo‘ldi. Rahmat sizga, Qoʻshchinor jamoasi! Farzandim bu yerni orzu qilgan edi, endi esa u yerdan orzu bilan qaytdi.
Сарварбек Матякубов Олимович
"QUYOSHCHA"15 июл 2025
"QUYOSHCHA" оромгохида Ўтказилган 12 кунлик Намунавий дастур асосида Болалар марокли дам олишди
Азамат Сайтбеков Жаксылыкович
“OQ KEMA”15 июл 2025
O‘g‘lim bu yil 'Oq Kema' oromgohida dam oldi. Dastur juda mazmunli va qiziqarli bo‘lgan: sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, kechki diskotekalar. Raxmat sizlarga!
Murod Xodjimuratov Xamroyevich
“BOG‘ISHAMOL”02 июл 2024
Hech qanday muammosiz yo’llanmani oldim. Yaxshi o’ylabsizlar jamoagizga omad.
Азимова Мухлиса
“ANOR”20 май 2024
Қизим Анор оромгоҳида аввалги йили дам олган. Тоза ҳаво, бассейн ва бўлиб ўтган ижодий мастер-класслар жуда ёқти. Қизим у ерда янги дўстлар орттирди ва улар билан ҳали ҳам суҳбатлашиб туради.
Каримов Али
“SOHIL”20 май 2024
Фарзандим Соҳил оромгоҳида икки ҳафта дам олди. Ҳар куни спорт тадбирлари, шинам табиат қўйнида бўлиб янги дўстлар орттирди. У жуда хурсанд бўлиб қайтиб келди ва келгуси йили яна боришга аҳд қилди. Ташкилотчиларга катта раҳмат!
